Xabar berganimizdek, joriy yilning 25-30 dekabr kunlari O‘zbekistonning qadimiy shahri Samarqandda tezkor va blits shaxmat bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Kuni kecha Xalqaro shaxmat federatsiyasi mazkur jahon chempionati dasturini hamda ishtirokchilarning ro‘yxatdan o‘tish tartibi, yetib kelish muddatlari, ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati va boshqa jihatlar xususida rasmiy murojaaatni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ishtirokchilarning ro‘yxatdan o‘tishi so‘nggi kuni 1 dekabr etib belgilangan.

Jahon chempionati ishtirokchilarining Samarqandga yetib kelish sanasi 25 dekabr bo‘lsa, musobaqalar rasman 26 dekabrdan boshlanadi. Chempionat dasturiga muvofiq tezkor (rapid) musobaqalari 26-28 dekabr kunlari tashkil etilsa, blits yo‘nalishining g‘olib va sovrindorlari 29-30 dekabr kunlari aniqlanadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA