Tunisda yoshlar toifasida qilichbozlikning sablya quroli bo‘yicha yigitlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon kubogi yakunlandi.
Musobaqaning jamoaviy musobaqasida Islom Abdazov, Muso Aymuratov, Aziz Dauletnazarov va Zuhriddin Qodirovdan tashkil topgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Qilichbozlarimiz musobaqa davomida Bolgariya, Fransiya kabi kuchli raqib jamoalarni yengdi. Afsuski, terma jamoamiz so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Ruminiyaga imkoniyatini boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, sablya yo‘nalishining yakkalik bahslarida Zuhriddin Qodirov kumush medalga ega chiqqan edi. Shu tariqa, Tunisda o‘tkazilgan Jahon kubogida vakillarimiz ikki kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA