Sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mdan iborat III “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining joriy yilgi bahslari 4 ming nafardan ortiq ishtirokchini qamrab olgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Musobaqada 14-jahon chempioni, shaxmat olimpiadasining uch karra g‘olibi Vladimir Kramnik, ayollar o‘rtasida to‘rt karra jahon chempioni xitoylik Xou Ifan turnir ishtirokchilari uchun master-klass va shaxmat seanslarini o‘tkazgani yosh iqtidor egalariga “aql gimnastikasi”dagi mahoratlarini oshirishga yordam berdi.
O‘tgan yilgi bahslarda “A” guruhida 3-o‘rinni egallagan Muhiddin Madaminov bu yilgi musobaqaga jiddiy hozirlik ko‘rganini amalda isbotladi va g‘oliblikka erishgan bo‘lsa, ushbu guruhda 2 va 3-o‘rinlar Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidovga nasib etdi.
“V” guruhida Muhammadzohid Suyarov, Bobur Sattorov va Almas Rahmatullayev, “S” guruhida Asrorjon Omonov, Akobirxon Saydaliyev, Nurilla Uralov, “D” guruhida Islombek Sindorov, Shahrombek Karimov, Abdulaziz Qurbonov, “Ye” guruhida Rauf Qosimov, Akjol Rahmatullayev, Biloliddin Obidov sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Guruhlarda 1-o‘rinni egallagan shaxmatchilar 50, 2-o‘rin sohiblari 30, 3-o‘rindan joy olgan shaxmatchilar 20 million so‘m miqdoridagi mukofotlar topshirildi.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan shaxmatchilarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva, yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA