Poytaxtimizdagi “Alpomish” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazildi.
Chempionatning yoshlar o‘rtasidagi bahslarida Rustam Shorahmatov, Mahmudjon Mahsudov, Gulhayo Jo‘rayeva, Farangiz Rejepova, Shirinjon Yo‘ldosheva, Barchinoy Qodirova, Fotima Quromboyeva o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Zamahshari Bekmurodov, Muhammadyahyo Muhammadjonov, Shahzodxo‘ja Sharipov kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Mohlaroyim To‘xtamisheva, Hojiakbar Toshev, Ahror Ziyodullayev, Alisher Samanov, Abdulloh Xudoyorov va Shahnoza Husanova shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi umumiy hisobda 7 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 16 medal jamg‘argan holda umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi umumiy hisobda 7 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, 15 ta mamlakat orasida birinchi o‘rinni egallagan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA