Toshkent shahri mezbonlik qilgan yoshlar toifasida qizlar o‘rtasidagi jahon kubogi musobaqasi yakunlandi.
Unda O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari Herrera Lara Luiza Fernanda va Samira Shokirova yakkalik bahslarida oltin hamda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Jamoaviy bellashuvlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi barcha raqiblarni yengib, yakunda shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy oldi va jahon kubogiga sazovor bo‘ldi. Musobaqaning ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlari Qozog‘iston va Ruminiya terma jamoalariga nasib qildi.
Shu tariqa, sablya yo‘nalishida o‘tgan jahon kubogida qilichbozlarimiz ikkita oltin va bitta bronza medaliga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA