Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida Koreya Respublikasining “Yevergreen Motors Group” kompaniyasi boshlig‘i Chang Keon Kimrahbarligidagi delegatsiya qabul qilindi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Yerniyazov mehmonlarni Qoraqalpog‘istonga qilgan tashrifi bilan qutlab, ikki davlat o‘rtasidagi turli sohalardagi aloqalar, davlatimizda hamkorlik bo‘yicha yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyovning o‘tgan yilning 22-24 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi strategik sheriklik munosabatlarda yangi bosqich bo‘ldi. Shuning bilan birga, madaniyati va mentaliteti bir biriga yaqin bo‘lgan xalqlarimizni eski do‘stlik aloqalari bog‘lab turadi. O‘tgan yili koreys millatiga mansub bo‘lgan vatandoshlarimizning O‘zbekistonda, shu jumladan Qoraqalpog‘istonda yashayotganligining 80 yilligi keng tarzda nishonlandi.
“Yevergreen Motors Group” kompaniyasi boshlig‘i Chang Keon Kim samimiy qabul uchun Jo‘qorg‘i Kenges Raisiga minnatdorlik bildirdi. Tashrif davomidagi rejalar, amalga oshiriladigan loyihalarga to‘xtalib o‘tdi.