Registon majmuasidagi Sherdor madrasasida Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaga O‘zbekiston-Italiya arxeologik eskpeditsiyasi tomonidan Samarqand tumanidagi Kofirqal’a arxeologik ob’ektidan topilgan noyob tarixiy ashyolar namoyish etildi. Shuningdek, yigirma yildan buyon faoliyat olib borayotgan mazkur qo‘shma ekspeditsiyaning rejalari haqida ma’lumot berildi.

Ilk o‘rta asrlarga oid Kofirqal’a arxeologik yodgorligi Samarqand hukmdorlarining shahar tashqarisidagi qarorgohi bo‘lgan.

Italiya Prezidenti ekspeditsiya ishiga yuqori baho berib, ularning ishiga muvaffaqiyat tiladi.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari