Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, oktyabr oyida 91 holatda 6 million 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlandi va sotuvga chiqarilishi oldi olindi.

Ma’lumot o‘rnida, Prezidentimizning 2020 yil 4 apreldagi  qarorining 8-bandiga ko‘ra, 2020 yil 1 maydan boshlab AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA