Tashkilotlar o‘z xodimlarining yozma arizasiga asosan keyinchalik kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga o‘tkazib berish uchun oylik ish haqidan ushlab qolishi mumkin.
Tashkilotlar va muassasalar tomonidan o‘z xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish ko‘rinishida qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (1031-son) Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berilmoqda.
Nizomga muvofiq, tashkilotlar o‘z xodimlarining yozma arizasiga asosan keyinchalik kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga o‘tkazib berish uchun oylik ish haqidan ushlab qolishi mumkin. Oylik ish haqidan ushlab qolish to‘g‘risidagi arizada xodim kommunal xizmat turi va narxi, shaxsiy hisob raqami, oylikdan ushlab qolish muddatini ko‘rsatishi shart.
O‘zA