O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy 2023 yil 1 oktyabr holatida Toshkent shahrida doimiy yashovchi aholi soni 3 million 20 ming 5 kishini tashkil qiladi.

Shundan 1 481 009 nafari erkak, 1 538 006 nafari esa ayollar.

Poytaxt aholisi 1960 yilda 1 mln, 1985 yilda 2 mln kishini tashkil qilgan.

Ayni paytda mamlakatimiz  bosh shahrida yashab, o‘qib, ishlayotgan aholi soni 5 mlnni tashkil qiladi.

 

O‘zA