O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Chexiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida bugun, 11 oktyabr kuni Praga shahrida O‘zbekiston-Chexiya biznes forumi o‘tkazildi.

Ikki mamlakat Bosh vazirlari ishtirok etgan biznes-forumda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Biznes-forum yakunlari bo‘yicha muhim ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi va imzolandi.

O‘zA