Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda mutasaddilarga barcha tuman va mahallalarda bir oy davomida ko‘chat yarmarkalarini tashkil qilish va kuz mavsumida 30 million tup ko‘chat yetkazib berish topshirildi.

Tayyorgarlik ishlari, ko‘chat tarqatish, ekish jarayonlarini tumanma-tuman televideniye va radio orqali yoritib borish muhimligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari kuzgi mavsumida o‘tgan yillardagi xatolarni takrorlamaslik shart ekaniga e’tibor qaratdi.

Jumladan, ko‘chat ekishda manfaatdorlikni oshirish lozim.

Bu boradagi vaziyatni o‘zgartirish uchun endilikda avtomobil, temir yo‘l, daryo, kanallar yoqalari aholi va tadbirkorlarga shartnoma bilan yer toifasi o‘zgartirmasdan bo‘lib berilishi belgilandi.

 

O‘zA