Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari bugun Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyat kuchayishi munosabati bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot bosh diplomati Jozep Borrel ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilgan. Bo‘lajak uchrashuv formati haqida ma’lumot berilmadi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi XAMAS boshlagan “Al-Aqsa toshqini” operatsiyasi fonida Isroilni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi.

Idora bayonotida, shuningdek, Yaqin Sharqda tinchlikni qaror toptirish maqsadida mintaqada barqarorlikka erishishga qaratilgan sa’y-harakat muhimligi ta’kidlandi.

Avvalroq Jozep Borrel to‘qnashuvni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan edi.

O‘zA