Shu yilning 11-12 may kunlari Orol dengiziga mediatur tashkil etiladi. Shu maqsadda bir guruh o‘zbekistonlik ommaviy axborot vositalari vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetib keldi.
Mazkur mediatur “UzWaterAware” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi vaЕvropa Ittifoqining markaziy Osiyodagi ekologik markazi tomonidan tashkil qilinmoqda.
Mediaturdan ko‘zlangan maqsad Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari hududidagi Sudochye ko‘li, Ustyurt platosi, Urga qishlog‘i, Ustyurt chinklari, Orolning qurigan tagidagi paydo bo‘lgan to‘qayzorliklar, Uchsoy baliqchilar qishlog‘i, Kemalar muzeyi, Amudaryo sohillari, shuningdek, Shege ko‘li kabi qator joylarga sayohat etishdan iborat.
Mediatur tafsilotlari haqida saytimiz orqali batafsil ma’lumot berib boramiz.