10-may kuni Nazarbayev universiteti va Qozog‘iston milliy geografik jamiyati – Qazaq Geography ekspeditsiya guruhi Orol dengiziga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiyasini boshladi. Shimoliy va Janubiy Orol sohillarini o‘rganishga bag‘ishlangan “Orol 2018” ekspeditsiyasi 10-29 may kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Gidrobiolog olimlar va kartograflar ekspeditsiyasi tarkibida mashhur jurnalistlar, fotosuratchilar ham bor. Bu haqida massaget.kz xabar bermoqda.

Joriy yilgi ekspeditsiya o‘rganish joylariga Janubiy Orol (Orolning O‘zbekiston tomoni) ham kiritilgan. Ilmiy ekspertizaning natijalari bo‘yicha plankton guruhlarning biologik xilma-xilligi, suvning sho‘rlanishi, fosfor darajasi bo‘yicha ma’lumot yig‘iladi. Bu esa Shimoliy va Janubiy Orol sohillaridagi ekologik holatni oldindan bashorat qilish imkonini beradi.

Shuningdek, ekspeditsiyada Orol sohillari bo‘yicha turistik yo‘nalishlar xaritasini ishlab chiqish, foto va videomateriallarni tayyorlash uchun ma’lumot yig‘iladi.

– BuQazaq Geography ekspeditsiya guruhining Orol dengiziga tashkillashtirayotgan uchinchi ilmiy-ma’rifiy tashrifi. Joriy yil ham tashrifimiz Nazarboyev universiteti olimlari bilan birga tashkil etildi. O‘rganish joylariga Janubiy Orol ham kirdi, – deydiQazaq Geography jamiyati boshqarma boshlig‘i Qanat Bayg‘arin.

Tashrifdagi 19 kun davomida ekspeditsiya tarkibidagi 20 kishi 5 avtomobilda Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidagi 7 ming kilometrlik masofani bosib o‘tadi.

– Tashrif “Ostona – Balqash – Shuv – Taraz – Chimkent –Toshkent – Samarqand-Buxoro – Urganch – Nukus – Mo‘ynoq – Orol dengizi – Beyneo‘ – Bozoy – Orol dengizi-Orol – Qizilo‘rda – Jezqozgan – Qarag‘andi – Ostona” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi, – deydi ekspeditsiya rahbari Nurjan Alg‘ashov.

 

Anvar Nasirlayev, O‘zA