Toshkent viloyati Parkent tumanida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab belbog‘li kurash bo‘yicha respublika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvlarda 200 nafardan ortiq sportchi 10 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga tushdi. Bahslarda tojikistonlik sportchilarning ham ishtirok etgani davraga yanada fayz bag‘ishladi.
Musobaqa yakunida Husan Azimov, Doniyor Abdurahmonov, Doston Suyunov, Behzod Abdurahmonov, Zufar Risqiboyev, Ilhomjon Mashrabov, Shohjahon Ortiqov, Rustam Umarov, A’zamjon Anvarjonov, Bobur To‘xtasinov o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
G‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.