01.JPG
 
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 15 — 17 may kunlari rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘ladi.
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan, 2018-yil 15 – 17-may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘ladi. Shu munosbat bilan AQSH Prezidenti matbuot kotibi Sara Sandersning bayonoti e’lon qilindi:
“2018-yil 16-may kuni Prezident Donald Tramp O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Oq Uyga ilk bor tashrifi munosabati bilan qabul qiladi. Prezident Tramp va Prezident Mirziyoyev umumiy manfaatli rejalarni davom ettirish va qator o‘zaro masalalarni hal etish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni qayta ko‘rib chiqadi. Shuningdek, ular O‘zbekistonning muhim islohotlarni amalga oshirish, savdo va investitsiyani kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni hal etish bo‘yicha erishgan yutuqlarini muhokama qiladi”.

 

O‘zA