XIX Osiyo o‘yinlarida qilichbozlikning sablya yo‘nalishida ayollar terma jamoamiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Zaynab Dayibekova, Guliston Perdabayeva, Paola Pliyegodan tashkil topgan termamiz chorak finalda Singapurni 45:32 hisobida, yarim final bosqichida Xitoyni 45:43 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal uchun raqobatlashadigan bo‘ldi.

Qilichbozlarimiz so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalishning yakkalik bahslarida Zaynab Dayibekova bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

J. Toshxo‘jayev, O‘zA