Shu yil 2-11 oktyabr kunlari mamlakatimizda O‘zbekiston – Ozarbayjon sog‘liqni saqlash dekadasi o‘tkaziladi.

Uning doirasida ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va hududlardagi yetakchi davolash muassasalarida yuqori texnologik operatsiyalar, qo‘shma amaliyotlar, mahorat darslari, kattalar va bolalarda kam invaziv xirurgiya, oftalmologiya, onkologiya va ginekologiya kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, farmatsevtika, xalq tabobati, tibbiy ta’lim va ilm-fan sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokamalar markazida bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekiston – Ozarbayjon sog‘liqni saqlash dekadasi soha rivojida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

M.Qosimova tayyorladi. 

O‘zA