Sergeli tumani “Quruvchi” MFY Xonobod ko‘chasida joylashgan “Inter Logistics” MCHJga qarashli omborxonalar hududida chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan edi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, omborxonalar hududidagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi.

Toshkent shahar hokimi v.b Shavkat Umrzoqov ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida 26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta MTT binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgani aniqlandi.

Shuningdek, hududdagi 24 ta ko‘p qavatli uy va 25 ta hovlining fasad, oyna-rom va tom qismi zarar ko‘rgan. Toshkent shahri Sergeli tumanida yuz bergan favqulodda holatdan jabrlangan aholining muammolarini tezkor bartaraf etish maqsadida 1205 qisqa raqamli Ishonch telefoni tashkil etildi.

Sh.Mamaturopova tayyorladi.

O‘zA