Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha nimchorak final bahslarida O‘zbekiston Indoneziya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha vaqtda esa vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchdi.

Terma jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarga Sherzod Esanov mualliflik qildi. Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya termasi chorak final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA