Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida kurash bo‘yicha respublika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnirda barcha tumanlardan tashqari Xorazm viloyatidan 50 nafarga yaqin  polvon ishtirok etib, beshta vazn toifasida gilamga tushdilar.

Qizg‘in bellashishlar yakunida Xorazm viloyatidan Jaloliddin Odamboyev (66kg), Izzatulla Rahimboyev  (81kg), shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanidan Menlibek Yo‘ldoshev (73kg), Ergash Aytboyev (90kg) va Shumanay tumanidan Miyirbek Abdixalikov (+ 90kg) g‘olib bo‘ldi.

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA