Osiyo o‘yinlarining o‘q otish bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Vladimir Svechnikov 10 metr masofadan to‘pponchadan otish dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Merganimiz saralash bahslarida 579 ochko jamg‘ardi. Final bosqichida ishtirok etgan Vladimir yakunda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Uning bu natijasi delagatsimiz hisobidagi bronzalar sonini 13 taga yetkazdi.

Ushbu yo‘nalishdagi jamoaviy bahslarda yigitlarimiz to‘rtinchi natijani qayd etdi.

Musobaqa davom etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA