Osiyo o‘yinlarining shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslarida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 7 ochko bilan kumush, Javohir Sindorov esa 6.5 ochko bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Yana bir hamyurtimiz Umida Omonova xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga kumush medalni taqdim qildi.

9 tur davomida Umida Omonova 6.5 ochko to‘pladi. Bu natija bilan ikkinchi o‘rindan joy oldi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA