Xanchjou mezbonligida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining dzyudo bahslarida vazni 100 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar orasida g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.

Unda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Muzaffarbek To‘raboyev so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Gonchigsuren Batxuyagga (Mo‘g‘uliston) qarshi bellashdi. Ushbu bahsda dzyudochimiz g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natija orqali delegatsiyamizning oltin medallari soni 5 taga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA