Xitoyda o‘tayotgan qit’aning to‘rt yillikdagi eng yirik musobaqasida dzyudochimiz Irisxon Qurbonboyeva bronza medali uchun o‘tgan bahsda Xuslen Otgonbayar (Mo‘g‘uliston) ustidan zafar quchdi va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Shuningdek, ushu bahslarida Darya Latisheva Nankuan va Nandao yo‘nalishida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, bu Darya uchun Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi medal. Hamyurtimiz 2018 yilgi o‘yinlarda kumush medal sohibiga aylangan edi.

Hozirda sportchilarimiz erishgan bronza medallari soni 8 taga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA