Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda “mahalla yettiligi”ning vazifalarini aniq belgilash lozimligi qayd etildi. Misol uchun:

– mahalla raisi ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga ko‘maklashish;

– hokim yordamchisi ishsizlarga ish topishga ko‘maklashish;

– yoshlar yetakchisi yoshlarni sport, musiqa va to‘garaklarga jalb etish;

– xotin-qizlar faoli ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;

– soliq xodimi mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish;

– ijtimoiy xodim yolg‘iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kabi aniq vazifalar bilan shug‘ullanishi lozim.

O‘zA