Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari endilikda mahalla boshqaruvi yangi yondashuvlar asosida tashkil qilinishini ta’kidladi.

Amaldagi “beshlikka” soliqchi va ijtimoiy xodim ham qo‘shilib, birgalikda ishlaydigan “mahalla yettiligi” bo‘ladi.

Jumladan, aholini 3 ta daftarga kiritish, moddiy yordam, subsidiya va kredit ajratish kabi 70 dan ortiq masalalar mahallaning o‘zida, kollegial hal qilinadi.

Shuningdek, 3 ta daftarga beriladigan mablag‘lar Bandlik, Tadbirkorlik va Kasanachilik jamg‘armalaridan har bir mahallaga taqsimlab beriladi.

Ya’ni, mablag‘ni ishlatish mahallaning o‘ziga, “yettilik” ixtiyoriga beriladi.

–Bu – mahallaga ham vakolat, ham mas’uliyat degani, – dedi Prezident.

 

O‘zA