Iflos havo salomatlikka ta’sir qilib, jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, yevropaliklarning qariyb 98 foizi kir havodan nafas olishga majbur, chunki ko‘hna qit’adagi chang va zararli moddalar aralashmasi belgilangan me’yordan oshib ketmoqda.
Tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, deyarli, butun Yevropada havo iflosligi sababali nafas olish qiyinlashyapti. Faqat to‘rt mamlakat – Shvetsiya, Islandiya, Finlyandiya va Norvegiyada ko‘rsatkich me’yorida.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, Yevropa havosi sifati boshqa ayrim mintaqalar, masalan, Hindistonga nisbatan yaxshi bo‘lsa-da, baribir salbiy daraja inson tanasiga zarar yetkazadi. Eng yomon holat Italiyaning Po vodiysida qayd etilgan. Ispaniyaning Barselona, Fransiyaning Parij va Gretsiyaning Afina shaharlarida ham vaziyat yaxshi emas.