Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilayotgan 19 – yozgi Osiyo o‘yinlarida navbatdagi kun bahslari boshlandi.
Bugun, 26 sentyabr kungi dasturda delegatsiyamiz bayroqdorlari Muzaffarbek To‘raboyev hamda Zaynab Dayibekova yakkalik bellashuvlarda chempionlik uchun bahs olib boradi.
Shuningdek, kun davomida velotrek, o‘q otish, tennis, suv polosi, dzyudo, qilichbozlik, boks, taekvondo, suzish, shaxmat, chim ustida xokkey, ushu kabi sport turlari bo‘yicha terma jamoamiz vakillari bahslarga kirishadi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bahslarda sportchilarimiz 3 oltin, 1 kumush va 3 bronza medaliga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA