Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasining 1-tur uchrashuvlari yakunlandi. “D” guruhidan o‘rin olgan “Real Sosedad” va “Inter” uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, “S” guruhida “Napoli” safarda “Braga”ni qiyinchilik bilan 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“V” guruhida “Arsenal” o‘z maydonida o‘tgan o‘yinda “PSV”ni 4:0 hisobida yengdi. Unda Saka, Trossard, Jezus va Edegor o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. “Lans” esa “Sevilya” mehmoni bo‘ldi. Mazkur bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Chempionlar ligasining “A” guruhida “Bavariya” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi. Yettita gol urilgan uchrashuvda mezbonlar 4:3 hisobida zafar quchdi.
Maydon egalari safida Sane, Gnabri, Keyn (penalti) va Tel o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, mehmonlarning uch golini Xoylund va Kazemiro (dubl) urdi. “Galatasaroy” – “Kopengagen” uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etildi.
“S” guruhida peshqadam deya e’tirof etilgan Madridning “Real” klubi “Union Berlin” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golni 93-daqiqada Bellingem kiritdi.
Chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri