Xanchjouda Osiyo o‘yinlarining bir necha sport turi bo‘yicha saralash bahslari o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Musobaqaning akademik eshkak eshish bo‘yicha saralash bahslarida sportchilarimizning ayrimlari muvaffaqiyatli ishtirok etib, to‘g‘ridan – to‘g‘ri finalga yo‘l oldi.
Biroq, akademik eshishning yengil vaznli ayollar o‘rtasidagi juftlik bahslarida finalga yo‘l ololmagan Luizaxon Islomova va Malika Tagmatova 21 sentyabr tongida final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Ular yo‘llanma uchun marraga birinchi yoki ikkinchi bo‘lib yetib kelishlari kerak bo‘ladi. Ushbu bahsda eshkak eshuvchi qizlarimiz Filippin, Indoneziya, Xitoy Taypeyi va Koreya Respublikasi vakilalari bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA