Navbatdagi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” hamkorlik forumi noyabr oyida Ashxobodda Turkmaniston raisligida o‘tadi. Bu haqda TDH agentligi Prezident Serdar Berdimuhamedovning Janubiy Koreya yetakchisi Yun Sok Yol bilan uchrashuvidan keyin ma’lum qildi.
Agentlik xabariga ko‘ra, yetakchilar Nyu-Yorkda gaplashgan.
Turkmaniston rahbari “forum mintaqa darajasidagi iqtisodiy va madaniy-gumanitar loyihalarni Janubiy Koreya bilan hamkorlikda muvofiqlashtirishga xizmat qiladi”, deb ta’kidlagan.
Tomonlar Turkmaniston–Janubiy Koreya aloqalari va o‘zaro manfaatli hamkorligi teng huquq, hurmat va ishonch tamoyiliga asoslangan holda faol rivojlanishiga ishonch bildirdi.
Davlat rahbarlari, shuningdek, ikki davlat munosabatini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqish uchun zarur sa’y-harakatlarni birga amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.