Saudiya Arabistonida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.
Musobaqada sportchilarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza jami 7 medal jamg‘arib, Xitoydan so‘ng ikkinchi, ochkolar klassifikatsiyasi bo‘yicha esa Armaniston, Xitoy, Eron, Kolumbiyadan keyin beshinchi pog‘onadan joy egalladi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida Muhammadqodir Toshtemirov (dast ko‘tarish), Akbar Jo‘rayev (dast ko‘tarish, ikkikurash), Ruslan Nuruddinov (siltab ko‘tarish) oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Akbar Jo‘rayev (siltab ko‘tarish) va Ruslan Nuruddinov (ikkikurash) musobaqada kumush medalga ham sazovor bo‘ldi.
Muhammadqodir Toshtemirov ikkikurash natijasiga ko‘ra bronza medali sohibi bo‘ldi.
Endi terma jamoamiz Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonidan Xitoyga yo‘l oladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri