Bugun, 18 sentyabr kuni mamlakatimizning bir yo‘la uchta futbol klubi — OKMK, “Nasaf” va “Navbahor” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi ishtirokini boshlaydi.
Qarshiliklar Iordaniyada “Al-Faysaliy”ga qarshi maydonga tushsa, OKMK va “Navbahor” Saudiya Arabistonida “Al-Ittihod” hamda “Al-Hilol” jamoalari bilan kuch sinashadi.
“Al-Faysaliy” — “Nasaf” va “Al Ittihod” — OKMK uchrashuvlari Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlansa, “Al-Hilol” — “Navbahor” bahsi 23:00 da start oladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA