Rossiyaning Ufa shahrida sambo bo‘yicha o‘tkazilgan gran-pri turnirida vakillarimiz 1 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu musobaqaning so‘nggi kunida vakillarimiz yana 4 ta medalga ega chiqdi. Jangovar sambo yo‘nalishida Sharif Kushayev oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasidagi sambo yo‘nalishida Elyor Hojimamatov, Ne’mat Yoqubov va Nurbek To‘rayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, vakillarimiz gran-prini 2 ta oltin va 5 ta bronza medali bilan yakunladi.

Quyida terma jamoamiz safida medal olgan barcha sportchilar bilan tanishasiz:

Oltin: 

+98 kg: Islom Nosirov (jangovar sambo);
-71 kg: Sharif Kushayev (jangovar sambo).

Bronza: 

-88 kg: Elyor Hojimamatov;
-98 kg: Ne’mat Yoqubov;
+98 kg: Nurbek To‘rayev;
-71 kg: Dilshodbek Yo‘ldoshev;
-88 kg: Sohibjon Hasanboyev (jangovar sambo).

J.Toshxo‘jayev, O‘zA