Mo‘ynoq tumanida yangidan qurib bitkazilgan stadionda sohil futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi davom etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlaridan, shuningdek, Qoraqalpoq davlat universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialidan, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlaridan 8 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Uchinchi tur o‘yinlaridan so‘ng O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali, Mo‘ynoq tumani, Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Qashqadaryo viloyati jamoalari final bosqichiga yo‘llanma oldi.
O‘zbekiston kubogi g‘oliblari 19 sentyabr kuni aniqlanadi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri