Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston Pro-ligasida poytaxtimizning “Humo” klubi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Liganing navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi. “Humo” klubi “Sariarka” jamoasi bilan bahslashdi.

Ushbu uchrashuvda Toshkent jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur turda shuningdek, “Nomad” – “Almati” 5:2, “Irtish” – “Beybaris” 4:1, “Aktobe” – “Torpedo” 2:1, “Gornyak” – “Kulager” 2:1 natijalari qayd etildi.

Ushbu o‘yinlardan so‘ng “Humo” klubi jadvaldagi ochkolari sonini 8 taga yetkazib, birinchi o‘rinni yanada mustahkamlab oldi. Ikkinchi o‘rinda “Aktobe” 6 ochko bilan borayotgan bo‘lsa, uchinchi pog‘onadan “Nomad” jamoasi joy egalladi.

Eslatib o‘tamiz, “Humo” keyingi o‘yinini 19 sentyabr kuni Toshkentdagi “Humo Arena”da “Irtish” kulbiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv soat 19:30 da boshlanadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri