Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Tojikistonga boradi va faxriy mehmon bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 14-15 sentyabr kunlari Dushanbeda bo‘ladigan uchrashuvida ishtirok etadi.
Bu haqda TASS agentligiga Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi vakili ma’lum qildi.
Tadbir dasturiga ko‘ra, I.Aliyevning Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan ikki tomonlama uchrashuvi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitida nutq so‘zlashi rejalangan.
2018 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan bu formatdagi uchrashuvda Markaziy Osiyo tarkibiga kirmaydigan davlat rahbarining qatnashishi kuzatilmaga, biroq, oliy davlat lavozimida bo‘lmagan vakilning uchrashuvda ishtirok etgani qayd etilgan. Masalan, Ostonada o‘tgan birinchi yig‘ilishda Turkmanistonni o‘sha paytdagi parlament spikeri Akja Nurberdiyeva tamsil etgan.
2019 yil Toshkentdagi uchrashuvda Qozog‘iston sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyev qatnashgan.
Pandemiya munosabati bilan 2020 yil ochiq sammit o‘tkazilmagan.
2021-2022 yillarda Turkmaniston va Qirg‘izistonda besh mamlakat prezidentlari to‘liq ishtirok etgan.
O‘zA