Xabar berganimizdek, AQSHning Atlanta shahridagi “Mersedes Bens” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Meksika terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

FIFA reytingida 12-o‘rinda borayotgan Meksika terma jamoasining 74-qatordan joy olgan O‘zbekiston bilan uchrashuvi bir qarashda Amerika qit’asi vakillarining ustunligida kechadigandek edi. Ammo, hamyurtlarimiz okean ortiga bekorga kelmagani o‘yin jarayonida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Bir-biridan qiziqarli kombinatsion hujumlarga boy uchrashuvda jamoalar murosa yo‘lini tanlashdi. O‘yin 3:3 hisobida yakunlandi. Terma jamoamiz futbolchilaridan Bobir Abdixoliqov, Azizbek Turg‘unboyev va Otabek Shukurov Meksika darvozasiga kiritilgan gollarga mualliflik qildi.

O‘yin davomida terma jamoamiz a’zolaridan Husniddin Aliqulov, Meksika terma jamoasi a’zolaridan Xesus Angulo va Jilberto Sepulveda ogohlantirish oldi.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA