Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichining 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. “E” guruhida O‘zbekiston mezbonligida o‘tayotgan mazkur saralash bosqichining 3-turida O‘zbekiston Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va guruhda yuz foizlik natija qayd etib, 2024 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yindagi yagona golga Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi. Ma’lumot o‘rnida mazkur bahsni 8 mingga yaqin muxlis bevosita stadiondan kuzatib bordi.

O‘zA