Xitoy hukumati G20 sammiti 2026 yil AQSHda o‘tkazilishiga qarshi chiqdi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Rossiya ham “katta yigirmalik” anjumani Qo‘shma Shtatlarda o‘tishini qo‘llamaydi.
Aniqlik kiritilishicha, bu bayonot “ramziy xususiyat”ga ega. Ya’ni, 2026 yilda sammitni qabul qiladigan mamlakatni o‘zgartirish ehtimoli juda oz.
G20 sammiti keyingi yil Braziliyada o‘tadi.