Slovakiyada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Šamorín – Danube Champions Tour IV 2023” musobaqasi o‘tkazilmoqda. Musobaqaning ilk kunida terma jamoamiz a’zosi Bekzod Qurbonov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Chavandozimiz 140 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida barcha raqiblarini ortda qoldirib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Ma’lumot uchun, Bekzod Qurbonov so‘nggi kunlarda Yevropa mamlakatlarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirlarda muntazam ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri