Bugun, 7 sentyabr kuni Osiyo futbol konfederatsiyasining Kuala-Lumpurdagi qarorgohida futbol bo‘yicha ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionlar ligasi uchun qur’a tashlash marosimi tashkil etildi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Qarshining “Sevinch” klubi “Nasaf” nomi ostida saralash bosqichining “B” guruhidan o‘rin egalladi.

Eslatib o‘tamiz, OFK klublari o‘rtasidagi ayollar chempionatida 8 ta jamoa ishtirok etadi.  Chempionat 6-12 noyabr kunlari O‘zbekiston va Tailand futbol maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA