Yoshlar siyosati va sport vazirligida sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan bir qator taqdimotlar o‘tkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar, sport mashg‘ulotlarini olib borishni raqamlashtirish, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahri, Buxoro hamda Samarqand viloyatlari tajribalari, shuningdek, ayrim qaror loyihalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.

Mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan taqdimotlar davomida yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, vazirlik boshqarma boshlig‘i Rashid Matkarimov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Anvar Xodjayev va boshqalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA