FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan “NUKUS MED TEX” qo‘shma korxonasida bugungi kuni 200 nafardan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.
Korxona eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, hozirda bu yerda bir marta foydalaniladigan shprits va infuzion sistemalar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlar asosan Afg‘oniston, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlariga eksport qilinayotir.
Korxonada mahsulotlar uchun zarur xomashyoning deyarli to‘qson foizi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinyapti.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA