Jahon boks assotsiatsiyasi “WBA” professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevning (11-1, 8KO) raqibi o‘zgarganini e’lon qilindi.

Avvalroq, ushbu tashkilot tomonidan M.Ahmadaliyevga Tomoki Kameda raqib sifatida tanlangan edi. Biroq, u vazn ko‘tarayotgani sababli bu jangda ishtirok etmaydi.

Reytingda keyingi pog‘onada borayotgan meksikalik Kevin Gonsales (26-0-1, 13KO) bokschimizga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Murodjon va Kevin o‘rtasidagi jang “WBA Final Eliminator” maqomida o‘tadi. Har ikki jangchi kelishuvga erishishi uchun 30 kun muddat berildi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, WBA har ikki bokschi uchun 50 foizdan gonorar taqsimlanishini taklif qiladi.

Ma’lumot uchun, mazkur jang g‘olibi “WBA” kamari sohibi Marlon Tapales yoki bo‘lajak da’vogar Naoya Inoue bilan jang qiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA