Joriy yil sentyabr oyidagi FIFA kunlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi okeanortida yig‘in o‘tkazgan holda AQSH va Meksika terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, 9 sentyabrda terma jamoamiz AQSH jamoasi bilan kuch sinashadi.

Ushbu uchrashuvni bosh hakam sifatida gonduraslik Nelson Salgado boshqarib boradi. Unga qanotlarda Limanuel Sola va Jairo Morales (Puerto-Riko) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Melvin Matamorosga (Gonduras) topshirilgan.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA