Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon birinchiligi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasining o‘g‘il bolalar o‘rtasida 152 sm yo‘nalishida Islom Akchurin gruziyalik Atanasio Sitakis, polshalik Darid Yosef va Xitoy Taypeyi vakili Chen Vugani yengib, finalga chiqdi.
Hal qiluvchi yakuniy bahsda Islombek italiyalik Franchesko Kotrone ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va jahon chempioniga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA