O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 5 may kuni soat 11-00 da Adliya axboroti nomli brifing tashkil etiladi. Bunday brifing o‘z formatiga ko‘ra vazirlik tomonidan ilk bor o‘tkazilmoqda.
Brifingda hafta davomida qabul qilingan qonun hujjatlari haqida shu jumladan davlat rahbarining “Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, Hukumatning “Respublikada zamonaviy sanoat usulida omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda boshqa hafta davomida qabul qilingan muhim qonun hujjatlari haqida ma’lumotlar beriladi
Shuningdek, brifingdan so‘ng Prezident tomonidan yangi imzolangan “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘ta muhim hujjat haqida press-konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbir o‘tkazish manzili – Toshkent shahri, Sh. Rashidov ko‘chasi, 16-uy (Mo‘ljal – Poytaxt-biznes markazi).